Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Chimyondagi tog‘da tobi qochib qolgan yigitga birinchi yordam ko‘rsatildi

Chimyondagi tog‘da tobi qochib qolgan yigitga birinchi yordam ko‘rsatildi

Kecha, 12 avgust kuni soat 12:46 da Toshkent viloyati FVB Tezkor boshqaruv markazi 1050 qisqa raqamiga Bo‘stonliq tumani «Chimyon» MFY hududidagi «Katta chimyon» tog‘ida 1 nafar yigitga zudlik bilan yordam zarurligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, tobi qochib qolgan yigitga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdi.

So‘ng yigitni dengiz sathidan 3100 metr balandlikdan xavfsiz hududga olib tushib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirdi.

FVV xabariga ko‘ra, hozirda uning ahvoli yaxshi.

Kiritildi: 20:35 13.08.2024. O'qildi: 788 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!