Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Chilonzorda elektromobil yonib ketdi

A A A
Chilonzorda elektromobil yonib ketdi

10 aprel kuni soat 07:30 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Furqat ko‘chasida elektromobil yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 07:35 da yetib borib, yong‘in soat 08:28 da o‘chirilgan.

Aytilgan manzilda yong‘in natijasida, elektromobilning akkumulyator qismida yong‘in kelib chiqqanligi aniqlangan.

Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

“Eslatib o‘tamiz, hurmatli fuqarolar barcha elektromobillarning batareyalari o‘zida juda katta miqdorda energiyani saqlashi sababli, xalqaro tajribaga muvofiq yong‘in chiqqan akkumulyator ichidagi elektr quvvati to‘liq tugagunga qadar, akkumulyatorni sovitish ishlari amalga oshiriladi. Shu sababli yong‘inni o‘chirish usuli boshqa oddiy yoqilg‘ida yuruvchi avtomobillardan farq qiladi”, – deya ogohlantirmoqda poytaxt FVB axborot xizmati.

Kiritildi: 10:10 10.04.2025. O'qildi: 933 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!