"Suvsoz"DUK rahbari Tohir Sharopovich Mirhidoyatov vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi ma’lum qildi.
O‘limning sababi ochiqlanmagan. Hokimlik uzoq yillar davomida davlat idoralarida samarali mehnat qilgan Tohir Sharopovich Mirhidoyatovning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolariga chuqur ta’ziya bildirgan.
"Kun" nashrining yozishicha, Tohir Mirhidoyatov 1960 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent temir yo‘l muhandislari institutini 1982 yilda tamomlagan.
2003—2012 yillarda «Suvsoz» Davlat unitar korxonasi boshqaruvchisi, 2012—2015 yillarda Qurilish va investisiya dasturlari departamenti boshlig‘i, 2015—2017 yillarda Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimi lavozimlarida ishlagan, «Toshkent agro zaxira xizmat» Davlat unitar korxonasi direktori bo‘lgan.