Xabaringiz bor, Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimining uyiga o‘g‘ri tushgani va qisqa fursatda o‘g‘rilarning qo‘lga olingani xabar qilingan edi.
Hattoki, Bosh Prokuratura ham bu borada, bu jinoyat ortidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani hamda o‘g‘irlikda gumonlanib M.M., K.G., G.R.lar qo‘lga olingani haqida rasmiy xabar bergandi.
Hokimni uyini tunab ketilgani ortidan 1-1004-1903/65-sonli jinoyat ishi ochildi hamda o‘g‘irlikda gumonlanib qo‘lga olinganlar yakunda aybdor bo‘lib chiqishdi.
“Jahon.uz”ning huquq tartibot idoralaridagi manbasining xabar qilishicha, o‘g‘irlikda ayblanganlardan biri, Hokimning rafiqasi D.N.ning hamkasbi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ingliz tili o‘qituvchisi Gulnoza.R. bo‘lgan.
Aynan shu o‘qituvchi o‘zining eski tanishi bo‘lgan Komil.N.ga, D.N.ning sumkasidan uy kalitilarini olib bergan va ushbu kalitlardan nusxa ko‘chirgan.
Komil.N. ((1)Toshkent shahar Shayxontohur tuman sudining 07.10.2008 yilgi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi, (2) Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yunusobod tuman sudining 23.12.2008 yilgi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “b” bandi, (3) Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yunusobod tuman sudining 26.10.2011 yilgi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi, 168-moddasi 1-qismi bilan sudlangan va jazoga tortilgan, (4) Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining 05.03.2014 yilgi ajrimiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyat sodir etib, yarashuv sabab jazodan qutulib qolgan.) ushbu o‘g‘irlikka qadar 4 marta sudlangan.
Uning jinoiy sherigi va ushbu jinoyat ishida asosiy figurant bo‘lgan, uyga o‘g‘irlikka kirib qimmatbaho buyumlarni umarib chiqqan M.M. jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yunusobod tuman sudining 22.12.2011 yilgi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi, JKning 127-moddasi 3-qismi, 241-moddasi 2-qismi va 171-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblanib qamalib chiqqan.
Komil.N. Chilonzor tumani hokimi Sarvar Mahametovning (2010 y.-Bektemir tumani hokimi, 2016 y.-2018 y.- Yakkasaroy tumani hokimi) Yunusobod tumanida joylashgan uyini bir necha kun mobaynida kuzatgan va uyning orqa tomonidagi kirish eshigida kuzatuv kameralari yo‘qligini bilgan va aynan shu yo‘l orqali M.M.ni uyga kiritgan hamda o‘zi tashqarida qolgan.
Sudda ayblanuvchilarning aybi to‘liq o‘z tasdig‘ini topdi va ularga jazo tayinlandi.
M.M. va Komil.N. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topildilar hamda va 8 (sakkiz) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinishdi. Jazoni, qattiq tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yunusobod tuman sudi sudyasi T.Hasanov tomonidan Gulnoza.R. ham O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topildi. Oliy ma’lumotli, to‘rt nafar farzandning onasi 5 (besh) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Sudlanuvchilar M.M., K.G., G.R.lardan solidar tartibda jabrlanuvchi D.M. foydasiga 14.600 (o‘n to‘rt ming olti yuz) AQSh dollari (AQSh dollarining hukm chiqarilgan kunidagi O‘zbekiston Respublikasi so‘miga nisbatan qiymatda) milliy valyuta so‘mda, hamda 68.700.000 (oltmish sakkiz million yetti yuz ming) so‘m undirish hukmda belgilandi.
Shu o‘rinda Hokimning uyidan o‘g‘irlab ketilgan va o‘g‘rilardan qaytarib olingan mol-mulk ro‘yxatiga ham e’tiboringizni qaratamiz.
- Ashyoviy dalil deb topilgan, saqlash uchun Toshkent shahar IIBB Moliya-iqtisod boshqarmasiga topshirilgan 87.400 (sakson yetti ming to‘rt yuz) AQSh dollari.
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki huzuridagi qimmatbaxo metallar Agentligiga saqlash uchun topshirilgan 1 dona kulrang rangli metalldan ishlangan aylana shakldagi old tomonida 3 dona oq rangli ko‘zi mavjud bo‘lgan uzuk.
- 2 dona och ko‘k rangli va 1 dona yaltiroq ko‘k rangli toshchalar.
- 1 dona kulrang rangli metalldan ishlangan turli xil shakldagi ko‘k va siyoh rangli tosh va barklarga o‘xshash shakldagi qismlari bilan, markazida kapalak ramzi tushirilgan bo‘yingan taqiluvchi zanjir.
- 1 juft kulrang rangli metalldan ishlangan turli xil shakldagi ko‘k va siyoh rangli tosh va barklarga o‘xshash shakldagi qismlari bo‘lgan zirak.
- 1 dona kulrang rangli metalldan ishlangan aylana shakldagi old tomoni yuzasida naqshinkor bezak va asosida to‘q pushti rangli marvaridga o‘xshash toshi mavjud bo‘lgan uzuk.
- 1 juft kulrang rangli metalldan ishlangan, asosida to‘q pushti rangli marvaridga o‘xshash toshi mavjud bo‘lgan zirak.
- 1 dona kulrang rangli metalldan ishlangan oq rangli marvaridga o‘xshash toshi mavjud bo‘lgan uzuk.
- 1 juft kulrang rangli metalldan ishlangan, asosida oq rangli marvaridga o‘xshash toshi mavjud bo‘lgan zirak.
- 1 dona kulrang rangli metalldan ishlangan aylana shakldagi oq rangli marvaridga o‘xshash toshi va atrofida bezaklari bo‘lgan uzuk.
- 1 juft kulrang rangli metalldan ishlangan, old tomoni yuzasida naqshinkor bezak va asosida oq rangli marvaridga o‘xshash toshi bo‘lgan zirak.
- 1 juft kulrang rangli metalldan ishlangan, naqshinkor bezak va oq rangli marvaridga o‘xshash toshi mavjud bo‘lgan kulon.
- 1 dona kulrang rangli metalldan ishlangan versache izlari tushirilgan bo‘yingan taqiluvchi zanjir.
- 1 dona versache izlari bo‘lgan broslet.
- 1 dona asosi yaltiroq rangli metalldan ishlangan, “Tissot” yozuvi bo‘lgan qo‘l soati.
- 1 dona “CHAYKA, 17 KAMNEY, SDELANO V ROSSII” yozuvi bo‘lgan qo‘l soati.
- 1 dona sariq yaltiroq rangli metaldan ishlangan bo‘yinga taqiluvchi zanjir,
- 1 dona sariq rangli metalldan ishlangan 12 dona yaltiroq toshlar bilan bezatilgan bilakuzuk.
- 1 dona “Orient” yozuvdagi rusumli qo‘l soati.
- 1 dona “MakTaym, 21 KAMEN” yozuvli soat.
- 2 dona asosi “SPECTURM” soatlar.
- 4 dona sariq rangli metalldan ishlangan “Toshkent shahar Hokimiyati”, “O’zbekiston Respublikasi 20 yil”, “Harakatlar Strategiyasi 2017-2021”, “O’zLiDeP”, “tuman kengashi deputati” yozuvli ko‘krak nishonlari.
- 1 dona sariq rangli naqshinkor bilakuzuk.
- 1 dona asosi oq rangli bilakuzuk.
- 1 dona sariq rangli uch dona to‘rtbuchak shakllari bo‘lgan bilakuzuk.
- 1 dona “Sarvinoz” yozuvi mavjud bo‘lgan sariq metalldan ishlangan broslet.
- 1 dona sariq rangli broslet.
- 1 dona sariq rangli metalldan ishlangan markazida yaltiroqli va ko‘zmunchoqlari mavjud bo‘lgan broslet.
- 1 dona zanjirsimon shaklda sariq rangli va toshlari bo‘lgan broslet.
- 1 dona sariq rangli aylana shakldagi uzuk.
- 1 dona sariq rangli naqshinkor bezaklari mavjud uzuk.
- 1 dona sariq rangli dumaloq qora rangli ko‘zli va atrofida kichik shakldagi toshchali uzuk.
- 1 dona sariq rangli aylana shakldagi old tomonida ko‘k va oq rangli ko‘zli uzuk.
- 1 dona sariq rangli aylana shakldagi old asos tomonga qarata ishlangan naqshinkor uzuk.
- 1 dona sariq rangli aylana shakldagi old tomoni ko‘k va oq rangli ko‘zli uzuk.
- 1 dona sariq rangli metalldan ishlangan 6 dona 2 xil ko‘rinishdagi har xil rangli ko‘zli uzuk.
- 1 dona sariq rangli metalldan ishlangan 3 xil rangli tosh ko‘zlari mavjud bo‘lgan uzuk.
- 1 dona sariq rangli metalldan ishlangan tomchi va dumaloq shakldagi oq rangli tosh ko‘zlari bo‘lgan uzuk.
- 1 dona sariq rangli metalldan ishlangan rombik shakldagi naqshinkor kulon.
- 1 dona sariq rangli oy shaklli markazida “Makka”ning tasviri tushirilgan kulon.
- 1 dona sariq rangli yurakcha shakldagi kulon, 1 dona asosi yashil rangli toshdan iborat bo‘lgan kulon.
- 1 dona sariq rangli metalldan aylana shaklda ishlangan yurakcha va dumaloq bezaklari bo‘lgan kulon.
- 1 dona sariq rangli asosi to‘rtburchak shaklda ishlangan kulon.
- 1 dona sariq rangli kulon.
- 1 dona sariq rangli yashil rangli toshi bo‘lgan kulon.
- 1 dona sariq rangli aylanasimon shakldagi old tomoni har xil ko‘rinishdagi 3 xil rangli tosh ko‘zli kulon.
- 1 dona sariq rangli ko‘k va oq rangli ko‘zlari bo‘lgan kulon.
- 1 dona sariq rangli metalldan olmaning shakliga o‘xshatib ishlangan kulon.
- 1 dona kichik xajmdagi sariq rangli kapalakning shakliga o‘xshatib ishlangan kulon.
- 1 dona sariq rangli 3 xil rangdagi tosh ko‘zlari bo‘lgan to‘nog‘ich.
- 1 dona sariq rangli metalldan bargning shakliga o‘xshatilgan oldida 1 dona dumaloq oq marvarid barg bezakli to‘nog‘ich.
- 3 dona sariq rangli to‘nog‘ichlar.
- 3 dona sariq rangli dumaloq shakldagi 1901 yilgi 10 rubleylik “Nikolay” tangalar.
- 1 dona sariq rangli rombik shakldagi naqshinkor zirak.
- 1 dona sariq rangli oq rangli toshchalar bilan bezatilib, markazida yashil rangli toshi mavjud bo‘lgan zirak.
- 1 juft sariq rangli aylana shakldagi zirak.
- 1 juft sariq rangli zirak.
- 1 juft sariq rangli aylana shakldagi zirak.
- 1 dona sariq rangli oq rangli toshchali ko‘zlari mavjud bo‘lgan zirak.
- 1 juft sariq rangli old tomonida ko‘k va oq rangli ko‘zllari bo‘lgan zirak.
- 1 juft sariq rangli old tomonida 6 dona 2 xil ko‘rinishdagi har xil rangli ko‘zli zirak.
- 1 juft sariq rangli 1 dona pushti va 2 dona kichik oq toshchalari bo‘lgan zirak.
- 1 juft sariq rangdagi yurakcha shaklida ishlangan oq toshchalari bo‘lgan zirak.
- 1 juft sariq rangdagi old tomonida oq toshchalari va 2 dona ko‘zli bezakli zirak.
- 1 juft sariq rangli aylana shakldagi zirakdan 1 donasining old tomonida bantik shakldagi oq toshchalari bilan bezatilgan zirak.
- 2 dona sariq rangli oldi tomonida oq rangli dumaloq marvarid toshi bo‘lgan ziraklar.
- 2 dona sariq rangli metalldan ishlangan, oldi tomonida toshchalar bilan kapalak ramzi shaklida ishlangan ziraklar.
- 1 dona sariq rangli fil hayvoni ramzidek ishlangan to‘nog‘ichsimon zirak.
- 1 dona sariq rangli olmaning shaklidek to‘nog‘ichsimon zirak.
- 1 dona sariq rangli yurakchalar ramzida ishlangan bo‘yinga taqiluvchi zanjir.
- 1 dona sariq rangli tomchi ramzida ishlangan bo‘yinga taqiluvchi zanjir.
- 1 dona sariq rangli ingichka bo‘yinga taqiluvchi zanjir.
“Jahon.uz”ning ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, Hokimning uyida o‘g‘irlik bo‘lgan kuni, uning rafiqasi Toshkent shahar IIBBning navbatchilik qismiga 102 qisqa raqamli orqali telefon qilib uyidan 102 ming AQSh dollari (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 05.12.2018 yilgi ma’lumotiga ko‘ra, 1 AQSh dollari O‘zbekiston Respublikasining so‘miga nisbatan qiymati 8.314 so‘m 85 tiyinni tashkil qilib, 102.000 AQSh dollari 848.114.700 so‘mni tashkil qilgan.) va 140.350.000 so‘mlik qimmatbaho zargarlik buyumlari yo‘qolgani to‘g‘risida xabar bergan.
Uydagi o‘g‘irlik sabab jami 966.964.700 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.
Manba: 7news.uz