Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

«Chilla» kirib keldi: Jazirama issiqdan saqlanish qoidalarini bilasizmi?

«Chilla» kirib keldi: Jazirama issiqdan saqlanish qoidalarini bilasizmi?

Bugun, 25 iyundan boshlab yurtimizga yozning eng issiq davri – «chilla» kirib keldi. Ushbu issiq mavsum 5 avgustga qadar davom etadi.

Bu davrda oftob urishidan saqlanish juda muhim. Chunki quyosh urishi – xavfli bo‘lib, u tashqi termal omillar ta’sirida organizmning umumiy qizib ketishi va haroratni me’yorda ushlab turish qobiliyatini yo‘qotishi natijasida yuzaga keladi.

Mutaxassislarning tavsiyalariga ko‘ra, issiq urishining oldini olish uchun suvsizlanishning oldini olish, kuniga 3 litr miqdorda suyuqlik (sovitilgan ko‘k choy, gazsiz mineral suv, mevali, kam yog‘li sutli ichimliklar) ichish lozim. To‘g‘ri tushadigan quyosh nurlaridan saqlanish, undan himoyalovchi kremlar, ko‘zoynaklar hamda soyabonlardan foydalanish kerak.

– Ko‘chaga chiqayotganda ochiq rangli tabiiy matodan tikilgan yengil liboslar va issiqdan saqlaydigan bosh kiyim kiyish zarur, – deydi deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Doniyor Alimov. – Shuningdek, yog‘li, qovurilgan taomlardan tiyilish va meva-sabzavotlar iste’mol qilish tavsiya etiladi. Taom albatta, tuzli bo‘lishi darkor. Chunki havo harorati yuqori bo‘lganda odam organizmidan ko‘p miqdorda natriy chiqib ketadi. Eng asosiy eslatma shuki, kunduzi soat 10:00 va 16:00 oralig‘ida quyosh nuri tushadigan ochiq joylarda yurmaslik lozim. Havo harorati yuqori bo‘lganda og‘ir jismoniy ishlarni cheklash va ko‘proq yopiq joylarda bo‘lish maqsadga muvofiq. Yosh bolalar, keksa kishilar va surunkali xastaliklar (yurak-qon tomir, endokrin, nafas olish a’zolari, metabolik va ruhiy xastaliklar) bilan og‘riydigan bemorlar issiqlik urishiga ko‘proq moyil. Shu sababli ular salomatligini muntazam kuzatib borish muhim.

Tez-tez dush qabul qilish tananing nafas olish tizimini yaxshilaydi. Suv xona haroratida bo‘lishi kerak. Suvni kuchli sovitish oqibatida haroratning keskin o‘zgarishi zotiljam kasalligiga yo‘l ochib beradi.

Bunday issiqda kondisionersiz qiyin, albatta. Ammo kondisioner bor xonada uning ro‘parasiga o‘tirish taqiqlanadi. Sababi, kondisionerning ishlashi jarayonida bakteriyalar sovuq havo bilan birga xonada haydalib, surunkali bronxit va pnevmoniyani qo‘zg‘atishi mumkin.

Ushbu tavsiyalarga amal qilish salomatligimizni asrashga va eng muhimi, yoz faslining yorqin taassurotlarga boy o‘tishiga xizmat qiladi.

Kiritildi: 12:00 25.06.2024. O'qildi: 1367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!