Chilidagi El-Tenyente mis shaxtasining o‘pirilishi oqibatida vayronalar ostida qolib ketgan barcha besh ishchi halok bo‘ldi, deb xabar beradi Reuters.
Codelco kon kompaniyasi fojia haqida yakshanba kuni rasman e’lon qildi. Shaxtadagi halokatda hammasi bo‘lib olti kishi halok bo‘lgan. Ulardan biri payshanba kuni kechqurun voqea sodir bo‘lgan vaqtda darhol vafot etgan, qolgan besh kishining jasadi 70 soatdan keyin topilgan.
Shaxtaning o‘pirilib qulashiga Chili tarixidagi eng kuchli seysmik silkinishlardan biri sabab bo‘lgan. Zilzila El-Tenyente shaxtasiga katta zarar yetkazdi.
Chili prezidenti Gabriel Borich mamlakatda uch kunlik milliy motam e’lon qildi.
Mahalliy matbuotning yozishicha, vayronalar ostida qolganlar 29 yoshdan 34 yoshgacha bo‘lgan erkaklardir. Ular tuproq ishlariga ixtisoslashgan Gardilcic kompaniyasida ishlagan.
Qutqaruv operasiyasi juma kuni kechqurun, yerosti silkinishlari pasaygach, boshlangan. Birinchi ishchi shanba kuni, qolgan to‘rt nafari esa yakshanba kuni topilgan. Qidiruv-qutqaruv operasiyasiga 100 ga yaqin kishi jalb qilingan.