Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Chexiyada o‘q-dorilar saqlanadigan joy issiqdan portlab ketdi

Chexiyada o‘q-dorilar saqlanadigan joy issiqdan portlab ketdi

Chexiya shimoli-g‘arbida, Litomerjise shahri yaqinidagi armiya o‘q-dorilarini saqlash ombori yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda CTK axborot agentligiga tayanib, Rossiyaning TASS axborot agentligi xabar berdi.

Yong‘inni o‘chirish uchun samolyotlardan foydalangan holda 12 ta o‘t o‘chirish bo‘limi safarbar etilgan. Yong‘in avj olgan to‘rt gektar maydonda yer ostida saqlangan eski o‘q-dorilar portlab, vaziyatni yanada murakkablashtirgan. Rasmiylar favqulodda holat zonasi yaqinidagi aholi punktlari aholisini o‘rmonda sayr qilmaslikka chaqirdi.

Chexiyadagi issiqlik kundan-kunga yomonlashmoqda. Chorshanba kuni termometr 35 darajadan yuqori haroratni ko‘rsatdi. Payshanba kuni meteorologlar kun yana isib ketishini bashorat qilmoqda.

Havo harorati 40 darajaga yetishi mumkin. O‘rmon yong‘inlari xavfi mavjud.

Kiritildi: 22:35 03.07.2025. O'qildi: 534 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!