Bugun 10 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Chexiya va Slovakiyada norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

Chexiya va Slovakiyada norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

Nashrning xabar berishicha, Chexiya poytaxtida Andrey Babishning yangi hukumatiga qarshi norozilik aksiyalari o‘tkazildi. Praganing Eski shahar maydonida minglab odamlar “Chexiya Respublikasi sotilmaydi” shiori ostida to‘planishdi. Namoyishchilar Babishni uyushgan jinoyatchilik asosida hukumat qurish niyatida ayblashdi.

Andrey Babish o‘ng qanot qarashlarni qo‘llab-quvvatlaydi, Yevropa Ittifoqi siyosatini tanqid qiladi va Ukrainaga harbiy yordamga qarshi. Parlament saylovlarida uning o‘ng qanot populist partiyasi ANO g‘alaba qozonganiga qaramay, Babish manfaatlar to‘qnashuvi tufayli hali bosh vazir lavozimini egallagani yo‘q.

Milliarder Yevropa Ittifoqidan har yili millionlab yevro subsidiyalar oladigan qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va kimyo konglomerati Agrofert'ning yagona egasidir. Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunlar Chexiyadagi davlat xizmatchilariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni yoki hukumat qarorlaridan foyda ko‘rishi mumkin bo‘lgan kompaniyalarda lavozimlarni egallashni taqiqlaydi.

"Slovakiyada ham minglab odamlar hukumatga qarshi namoyishlarga chiqishdi. Poytaxt Bratislava va boshqa shaharlarda muxolifat partiyalari va fuqarolik guruhlari tomonidan mitinglar o‘tkazildi. Namoyishchilar bosh vazir Robert Fisoning rossiyaparast siyosati va mamlakatning demokratiyadan chekinishiga qarshi chiqishdi", deyiladi DW xabarida.

Kiritildi: 17:10 18.11.2025. O'qildi: 1054 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!