Petr Pavel Chexiyada inqiroz va favqulodda vaziyatlarda davlat organlariga tez va samarali javob berish imkonini beruvchi keng qamrovli qonunchilik asosini yaratish zarurligini bildirdi. Bu haqda ČTK agentligi xabar qildi.
Prezident ta’kidlashicha, yangi qonunlar resurslarni safarbar qilish, davlat idoralarining majburiyatlarini aniq belgilash va jamoatchilik ishtirokini ta’minlashni nazarda tutishi kerak. Uning fikricha, bunday asos bo‘lmasa, muhim infratuzilmani to‘liq himoya qilish imkonsiz.
O‘z navbatida, Chexiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari Karel Rjexka amaldagi qonunlar mudofaa va xavfsizlik vazifalarini bajarish uchun yetarli emasligini aytdi. U zamonaviy tahdidlar, jumladan gibrid ta’sir sharoitida fuqarolik va harbiy inqiroz o‘rtasidagi chegara noaniqlashib borayotganini ta’kidladi.
Rjexka, shuningdek, NATOning to‘xtatuvchi va mudofaa rejalari mavjudligini eslatib, keskinlik kuchaygan taqdirda alyans sharqiy qanotini mustahkamlashini bildirdi. Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, Chexiyada bunday choralarni qo‘llash uchun zarur qonunchilik hali shakllanmagan.