Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Chet elga ish yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Chet elga ish yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

1️⃣ Noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Jumladan, Navoiy shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firmasi rahbari Xatirchi tumanida yashovchi, 2006 y.t. fuqaroning ishonchiga kirib, barcha hujjatlarni o‘zi tayyorlagan holda, uni Bolgariya davlatiga ishga yuborish evaziga 3 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
2️⃣ Kitob tumanida ham shu kabi holat fosh etildi. Xususan, Toshkent viloyatida yashovchi, 1997 y.t. shaxs 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Isroil davlatiga ishlash uchun yuborish va ishchi vizasini o‘zining tanishlari orqali tayyorlatib berish evaziga 20 ming AQSh dollari talab qilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs Qashqadaryo viloyatiga borib, so‘ralgan pul mablag‘i hisobidan 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 07:23. O'qildi: 308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!