Isroilning Haaretz gazetasiga ko‘ra, mamlakatdagi asosiy muammo faqat Benyamin Netanyahu siyosati emas, balki urushni yagona yechim sifatida ko‘radigan tafakkurdir.
Nashr yozishicha, Netanyahu o‘z siyosatini jamiyatdagi yo‘q bo‘lib ketish qo‘rquviga tayanib olib bormoqda.
Maqolada qayd etilishicha, Isroil jamiyatining katta qismi mamlakat istalgan paytda yo‘q qilish xavfiga duch kelishi mumkin, deb hisoblaydi va shu sabab harbiy kuch ishlatilishini oqlaydi.
Mualliflar fikricha, jamiyatda “faqat maksimal kuch ishlatish orqali natijaga erishish mumkin” degan qarash keng tarqalgan.
So‘rovlar natijasiga ko‘ra, ko‘pchilik fuqarolar Eron bilan erishilgan sulhdan norozi bo‘lgani ham ta’kidlangan.