"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ispaniya chempionati doirasidagi "Osasuna" bilan durang (2:2) haqida fikr bildirdi.
Mutaxassisning fikricha, u jamoasi g‘alaba qozona olmaganidan norozi.
"Bir ochko yetarli emas. Ikkinchi goldan keyin to‘pni nazorat qilishimiz kerak edi, ammo buni uddalay olmadik. Sovuqqonlik bilan harakat qilishimiz lozim edi, "Osasuna" bizni jazoladi", dedi u.
Xavi, shuningdek, Kataloniya klubining joriy mavsumdagi muammosini ham aytdi.
"Bizning asosiy vazifamiz - raqobatni davom ettirish. Biz chempionatning kuchli to‘rtligiga kirishni istaymiz, ammo bu oson bo‘lmaydi", - dedi Xavi.
Ispaniya chempionati turnir jadvalida “Barselona” 17 turdan keyin 24 ochko bilan sakkizinchi o‘rinda bormoqda.