Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun to‘rt nafar nomzod aniqlandi

Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun to‘rt nafar nomzod aniqlandi

UYEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining yakunlangan to‘rtinchi turida eng yaxshi bo‘lish uchun da’vogar bo‘lgan to‘rt nafar futbolchini ma’lum qildi.

Kuchli to‘rtlikdan Mikel Merino ("Arsenal"), Fil Foden ("Manchester Siti"), Karlush Forbs Borxes ("Bryugge") va Viktor Osimxen ("Galatasaroy") joy oldi.

Merino Praganing "Slaviya" klubiga qarshi o‘yinda (3:0) dubl qayd etgan bo‘lsa, Foden Dortmundning "Borussiya" klubiga qarshi o‘yinda (4:1) ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi, Borxes "Barselona"ga qarshi bahsda (3:3) ikkita gol va assist qayd etdi, Viktor Osimxen esa het-trigi bilan "Ayaks"ni ranjitdi (3:0).

Keyingi tur o‘yinlari 25 va 26 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 09:47 06.11.2025. O'qildi: 585 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!