UYEFA matbuot xizmati chorak final ilk o‘yinlari yakunlariga ko‘ra UEFA chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi sovrini uchun nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ushbu ro‘yxatdan «PSJ» vingeri Xvicha Kvarasxeliya, «Bavariya» va «Arsenal» darvozabonlari Manuel Noyer va David Raya, shuningdek «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares o‘rin olgan.
Xvicha Kvarasxeliya «Liverpul» darvozasiga gol urdi (2:0), Xulian Alvares «Barselona»ga qarshi bahsda (2:1) gol muallifi bo‘ldi. David Raya «Sporting»ga qarshi uchrashuvda (1:0) darvozasini daxlsiz saqlab qoldi, Manuel Noyer esa «Real Madrid»ga qarshi o‘yinda (2:1) 9 ta seyv amalga oshirdi.