UYEFA matbuot xizmati Chempionlar ligasi yarim final birinchi o‘yinlari yakunlariga ko‘ra haftaning eng yaxshi futbolchisi sovrigiga da’vogarlarni e’lon qildi.
Ular — «PSJ» hujumchisi Usmon Dembele va «Atletiko» forvardi Antuan Grizmann.
Dembele «Bavariya»ga qarshi uchrashuvda (5:4) dubl qayd etgan bo‘lsa, Grizmann UYEFA kuzatuvchilari fikricha, «Arsenal»ga qarshi o‘yinda (1:1) samarali harakatlar qayd etmaganiga qaramay, «juda ta’sirli» o‘yin namoyish etgan.
Har ikki fransuz o‘z uchrashuvlarining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.