Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Chempionlar ligasi. «Bavariya» 1 kishi kam o‘ynagan holda amaldagi chempion «PSJ»ni safarda taslim qildi (VIDEO)

Chempionlar ligasi. «Bavariya» 1 kishi kam o‘ynagan holda amaldagi chempion «PSJ»ni safarda taslim qildi (VIDEO)

"PSJ" Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 4-turidan o‘rin olgan "Bavariya"ga qarshi bahsda mag‘lub bo‘ldi - 1:2. O‘yin Parijdagi "Park de Prens" stadionida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 4-daqiqasida myunxenliklar hujumchisi Luis Dias hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida Usmon Dembele gol urdi, biroq takroriy vaziyat ko‘rilganidan keyin gol bekor qilindi. 32-daqiqada Dias dubl qayd etgan bo‘lsa, tanaffus arafasida Ashraf Hakimiyga qo‘pollik ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolandi.

74-daqiqada parijliklar yarim himoyachisi Joau Nevesh oradagi farqni qisqartirdi.

"PSJ" Chempionlar Ligasidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi va turnir jadvalida 3-o‘ringa tushib ketdi - 9 ochko. "Bavariya" 12 ochko bilan peshqadamga aylandi.

Kiritildi: 04:25 05.11.2025. O'qildi: 1495 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!