Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Chelyabinskda o‘g‘lining o‘limiga sababchi bo‘lgan o‘zbekistonlik 19 yilga qamaldi

A A A
Chelyabinskda o‘g‘lining o‘limiga sababchi bo‘lgan o‘zbekistonlik 19 yilga qamaldi

Chelyabinsk viloyat sudi o‘g‘lining o‘limida ayblanayotgan o‘zbekistonlik Bahrom Dadaxanovni qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

U 2017 yil 19 mart kuni birga yashovchi ayoli bilan mojarodan so‘ng o‘zini va oilasini o‘ldirmoqchi bo‘lganadi. O‘zi va ayoliga, shuningdek, uyning yarmi va mebelga benzin sepib, o‘t qo‘yadi.

Yuzaga kelgan yong‘in tufayli Dadaxanov va ayol uydan qochib chiqib, kiyimlariga ilashgan olovni o‘chiradi. Ularning 4 yashar o‘g‘li esa alanga qoplagan uydan chiqa olmay, is gazidan zaharlanib o‘ladi.

Tergov davomida ayblanuvchi uyga noma’lum shaxslar o‘t qo‘yganini da’vo qilgan va ayolini ham shunday ko‘rsatma berishga undagani ta’kidlanmoqda.

Bahrom Dadaxanov qattiq tartibli koloniyada 19 yillik qamoq jazosini o‘taydigan bo‘ldi.

Kiritildi: 17:09 30.10.2018. O'qildi: 1491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!