"PSJ" APLdan futbolchi olishi haqida xabar qilingan edi. Unga ko‘ra, "Chelsi" himoyachisi Tiagu Silva Parijga qaytishi mumkin. Ammo bu xabarlar to‘g‘ri emas.
Insayder-jurnalist Jonatan Jonson Silvani Fransiyaga qaytmasligini bildirdi. Braziliya terma jamoasi a’zosi 2020 yilda "PSJ"dan erkin agent sifatida "Chelsi"ga kelgandi. 39 yoshli futbolchi Angliya klubi bilan YECHL g‘olibligini qo‘lga kiritgandi.