Bugun 20 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Chekka hududlarda notariuslar suhbat asosida tayinlanadi

Chekka hududlarda notariuslar suhbat asosida tayinlanadi

Adliya vazirligi olis (chekka) va notarius lavozimiga talab past hududlarda davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga talabgorlarni oliy malaka komissiyasi tomonidan suhbat asosida tayinlash tartibini belgilaydigan nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Hujjat 2026 yil 1 apreldan kuchga kiradi.

Nizomga ko‘ra, suhbat prezidentning 2025 yil 9 sentyabrdagi PQ–280-son qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan notarial okruglarda notarius lavozimi bo‘sh bo‘lgan yoki yangi lavozim ta’sis etilgan hollarda o‘tkaziladi.

Belgilanishicha, suhbat oliy malaka komissiyasi va uning ishchi organi tomonidan tashkil etiladi. Talabgorlarning hujjatlari esa dastlab hududiy komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Ro‘yxatga kiritilgan notarial okruglarda suhbat o‘tkazilishi haqida “Inson va qonun” gazetasida hamda Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon beriladi. Talabgor hujjatlari hududiy komissiya tomonidan 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Agar hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq deb topilsa, oliy malaka komissiyasiga taqdim etish haqida xulosa tasdiqlanib yuboriladi.

Suhbat jarayonida talabgorlarning savollarga to‘liq va aniq javob berishi, kasbiy yo‘nalish bo‘yicha tizimli bilimlarga ega ekani, bilimlardan mustaqil foydalanish ko‘nikmalari, shuningdek, ijtimoiy jarayon va muammolarni mustaqil tahlil qila olish qobiliyati asosida baholanishi belgilangan.

Qayd etilishicha, ro‘yxatdagi notarial okruglarda kamida 3 yil notariuslik faoliyatini amalga oshirgan shaxslar keyinchalik respublikaning istalgan boshqa hududida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius sifatida faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

Mazkur nizom 2026 yil 1 apreldan amalga kirishi belgilangan.

Kiritildi: Bugun 15:25. O'qildi: 227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!