“Chegara bilmas muxbirlar” xalqaro nohukumat tashkiloti bosh direktori Kristof Deluar 53 yoshida vafot etdi.
“Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti bosh direktori Kristof Deluar 8-iyun, shanba kuni 53 yoshida vafot etdi”, — deyiladi tashkilot bayonotida.
Qayd etilishicha, Deluar saraton kasalligidan aziyat chekkan.
2012 yildan buyon tashkilot rahbari lavozimida ishlab kelgan.