Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Chechenlar Ukrainadagi harbiy ob’ektni egallashdi — Qodirov

Chechenlar Ukrainadagi harbiy ob’ektni egallashdi — Qodirov

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov chechen jangchilari Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotida qatnashayotgani va harbiy ob’ektni egallab olganini tasdiqladi.

“Milliy gvardiyamiz jangchilari Ukraina Milliy gvardiyasining tezkor brigadasini olib ketishdi. Zirhli mashinalar, o‘q-dorilar, qurollar juda ko‘p”, — dedi u telegramga qilgan murojaatida, harbiy ob’ekt qayerda joylashganiga aniqlik kiritmasdan.

Qodirov, shuningdek, harbiy kiyimdagi shaxs darvozasiga Axmat Qodirov surati tushirilgan Checheniston bayrog‘ini tikayotgani aks etgan videoni ham tarqatdi. Darvoza ortida Ukraina bayrog‘i joylashgan. Checheniston rahbari ham video qayerda suratga olinganiga aniqlik kiritmadi.

Qodirov Rossiya armiyasida Ukraina shaharlari, jumladan, Kiyev va Xarkovni bosib olish uchun barcha imkoniyatlar bor, ammo qo‘shinlar yo‘qotishlar sonini minimallashtirish, mahalliy aholi xavfsizligini ta’minlash va shaharlarni vayron qilmaslik uchun ehtiyotkorlik bilan kurash olib borishiga ishontirdi.

Kiritildi: 23:03 26.02.2022. O'qildi: 6506 marta. Fikrlar soni: 9 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!