Chechenistonning Gudermes tumanida dafn marosimi chog‘ida xususiy uyning yog‘och balkoni qulab tushishi natijasida 20 kishi jarohat oldi. Bu haqda Rossiya OAVga tayanib, Report agentligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mahalliy aholi dafn marosimini kuzatish uchun uyning balkoniga chiqqan. Biroq konstruksiya ko‘p odam og‘irligiga dosh berolmay, pastga g‘ildirab tushgan.
Tibbiyot xodimlari jabrlanuvchilarni shoshilinch tarzda shifoxonaga yetkazishgan. Ular turli darajadagi jarohatlar olgani ma’lum qilindi.
Hozirda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.