OpenAI har kuni 2,5 milliarddan ortiq foydalanuvchi so‘rovlarini yoki yiliga taxminan 912,5 milliard so‘rovni qabul qiluvchi ChatGPT chatbotining mashhurligi oshib borayotgani haqida xabar berdi. Ularning uchdan bir qismi Qo‘shma Shtatlardagi foydalanuvchilardan keladi - kuniga taxminan 330 million so‘rov.
ChatGPT har yili taxminan 5 trillion so‘rovni qayta ishlovchi Google qidiruv tizimidan trafik hajmi bo‘yicha hali ham pastroq, ammo OpenAI auditoriyasining o‘sish sur’ati hayratlanarli. 2024 yilning dekabridan 2025 yilning martigacha xizmatning haftalik auditoriyasi 300 milliondan 500 million kishigacha oshdi. Tahlilchilarning qayd etishicha, chatbot klassik qidiruv tizimlariga muqobil sifatida tobora ko‘proq foydalanilmoqda.
OAV xabarlariga ko‘ra, OpenAI yaqin haftalarda SI integrasiyasiga ega o‘z brauzerini ishga tushirishni rejalashtirmoqda, bu esa Google bilan raqobatni kuchaytirishi mumkin. Kompaniya shuningdek, foydalanuvchi nomidan vazifalarni avtomatik tarzda bajarish imkonini beruvchi ChatGPT Agent vositasini ham taqdim etdi.