Joriy yilning 21-iyul kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro ayeroportida “Centrum Air” aviakompaniyasi Sharm-al-Shayxga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi. aviakompaniyasining Toshkent-Sharm al-Shayx-Toshkent reysining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Turizm qo‘mitasi, “Centrum Air” aviakompaniyasi Sharm-al-Shayxga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi, Centrum Holidays, EasyBooking kompaniyalari vakillari, OAV hamda reys yo‘lovchilari ishtirok etdilar.
Ilk reyslar haftada bir marta, faqat yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Yo‘lovchilar 190 ta ekonom-klass va 12 ta biznes-klass o‘rindig‘iga ega bo‘lgan 321neo samolyotida o‘z manzillari tomon yetkaziladi.
Sharm-al-Shayxga reyslarning ochilishi, O‘zbekiston aviasiyasida yana bir muhim qadam bo‘lib, u parvozlar geografiyasini kengaytirish va yurtdoshlarimiz o‘rtasida turizmni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.