Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Candu Rossiyani Moldova parlament saylovlariga aralashishga urinishda aybladi

Candu Rossiyani Moldova parlament saylovlariga aralashishga urinishda aybladi

Moldova prezidenti Mayya Sandu Kishinyovdagi matbuot anjumanida Rossiya Federasiyasi bu yil kuzda Moldova ustida nazorat o‘rnatishni maqsad qilganini va sentyabr oyidagi parlament saylovlariga mislsiz darajadagi aralashuvga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi.

🗣️ “Rossiya turli vositalardan foydalanishi mumkin: saylovchilarni sotib olish, kiberhujumlar, axborotni manipulyasiya qilish hamda to‘lanadigan norozilik namoyishlari”, — dedi Sandu.

💬 Unga ko‘ra, faqatgina kriptovalyuta orqali 100 million yevroga yaqin mablag‘ ajratish rejalashtirilgan.

🇷🇺 Bu bayonotga javoban, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Sanduning gaplarini haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deya izohladi.

Kiritildi: 18:26 30.07.2025. O'qildi: 608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!