Bugun 10 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

CAFA-2025: O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi

CAFA-2025: O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi

Toshkent va Dushanbe mezbonlik qilayotgan «CAFA Nations Cup-2025» turniri o‘z yakuniga yetdi. 8 sentyabr kuni finalda O‘zbekiston va Eron milliy jamoalari to‘qnash keldi.

O‘yin Eron milliy jamoasi uchun muvvafaqiyatsiz boshlandi. 5-daqiqadayoq himoyachi Oriyo Yusufiy raqibi Abbos Fayzullayevga qarshi qo‘pol o‘ynagani tufayli qizil kartaga loyiq ko‘rilib, maydondan chetlatildi.

Asosiy vaqt golsiz yakunlangach, qo‘shimcha taymlar belgilandi. Uning 15-daqiqasida Eldor Shomurodov penaltini aniq amalga oshirolmadi. Uning kuchli zarbasi darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi.

O‘yin penaltilar seriyasiga yaqinlashayotgan bir paytda O‘zbekiston g‘alaba golini urishga erishdi. 120-daqiqada qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni Hojiakbar Alijonov boshi bilan raqib darvozasiga yo‘lladi.

Shu tariqa, O‘zbekiston musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Amir G‘alenoyi bosh murabbiyligidagi Eron esa 2-o‘rin bilan cheklanadigan bo‘ldi.

Uchinchi o‘rin uchun bahs Tojikistonning Hisor shahrida Hindiston va O‘mon o‘rtasida o‘tkazildi. O‘yinning asosiy va qo‘shimcha vaqtlari 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyada Hindiston g‘olib chiqdi – 3:2.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston uchun Eron «tish o‘tmas» raqiblardan biri hisoblanadi. Bungacha milliy jamoalar 16 marta bir-biriga to‘qnash kelgan va Eron 10 marta g‘alaba qozonib, 5 o‘yin durang bilan yakunlangan. O‘zbekistonning yagona g‘alabasi 2012 yilda, Tehronda 1:0 hisobida qo‘lga kiritilgan edi.

Kiritildi: 23:01 08.09.2025. O'qildi: 1014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!