Bugun 18 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Byuro xodimlari yordami bilan bola ona bag‘riga qaytarildi

Byuro xodimlari yordami bilan bola ona bag‘riga qaytarildi

Har bir bola uchun eng aziz maskan – bu ona bag‘ridir. Ana shunday bir taqdirli masalada adolat ustuvor bo‘lib, voyaga yetmagan bola o‘z onasini tarbiyasiga qaytarildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining 04.02.2026 yildagi ijro varaqasiga asosan 6 yoshli bola javobgar A.O. dan onasi M.Z. qaramog‘iga olib berish belgilangan edi.

Mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida Byuroning Oltinko‘l tuman bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida bola ona bag‘riga qaytarib berilishi ta’minlandi.

Bu nafaqat bir ijro harakati, balki bolaning baxtli bolaligiga qo‘yilgan muhim qadam bo‘ldi. Ona mehri va g‘amxo‘rligida o‘sish imkoniyatiga ega bo‘lgan bola uchun yangi hayot boshlandi.

Majburiy ijro byurosi tomonidan inson manfaatlarini, ayniqsa, voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish doimo ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.

Kiritildi: Bugun 13:33. O'qildi: 322 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!