Xitoyning elektromobil ishlab chiqaruvchi “BYD” kompaniyasi o‘zining so‘nggi bir yillik daromadi “Tesla” kompaniyasidan yuqori bo‘lganini qayd etdi. Bu haqda BBC nashri yozmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, daromad 29 foizga oshib, 107 milliard dollarga yetgan, bu uning gibrid avtomobillari savdosi hisobiga oshgan. Ilon Maskka tegishli “Tesla” esa 97,7 milliard dollar foyda bilan ortda qolgan.
BYD shuningdek, XXRda uzoq vaqtdan beri eng ko‘p sotiladigan elektr transport vositasi hisoblangan “Tesla Model 3”ga raqobatdosh bo‘lgan arzonroq avtomobilni ishlab chiqardi.
O‘tgan hafta BYD asoschisi Vang Chuanfu batareyani quvvatlashning yangi texnologiyasini e’lon qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, mashinani endi besh daqiqada quvvatlash mumkin.