Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Buyuk Britaniyaning yadro qurollarini saqlovchi harbiy aviabazalari atigi bir yarim metrlik panjara bilan himoyalangani ma’lum bo‘ldi

Buyuk Britaniyaning yadro qurollarini saqlovchi harbiy aviabazalari atigi bir yarim metrlik panjara bilan himoyalangani ma’lum bo‘ldi

Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

"Bu bir nechta ob’ektlarga, jumladan, kelajakda F-35 qiruvchi samolyotlari joylashadigan maydonlarga ham taalluqli. Bunday sharoitda Britanyaning yangi samolyotlari turli guruhlar yoki xorijiy agentlar tomonidan hujumga uchrashi mumkin", deb yozadi nashr.

O‘tgan hafta Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi Palestine Action tashkiloti ushbu bazalarga hujum qilish bilan tahdid qilgan edi.

The Telegraph'ning qayd etishicha, ba’zi joylarda uchish-qo‘nish yo‘laklari faqat yog‘och panjaralar bilan o‘ralgan yoki umuman hech qanday himoya vositalarisiz qoldirilgan. Bunday potensial zaif joylarni esa oddiy Street View dasturi yordamida istalgan kishi topishi mumkin.

Kiritildi: 23:16 04.07.2025. O'qildi: 1055 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!