Nashrning xabar berishicha, noan’anaviy issiq ob-havo so‘nggi 50 yil ichida mintaqada kuzatilgan eng yirik qurg‘oqchilikka olib keldi. Mahalliy hokimiyat aholiga suvni tejab ishlatishni tavsiya qilmoqda. Yorkshirda esa allaqachon xususiy bog‘larni sug‘orishga taqiq qo‘yildi.
Suv zahiralarining kamayishi hosilga ham ta’sir qilmoqda — bu nafaqat fermerlar uchun moliyaviy yo‘qotish, balki butun mamlakat bo‘ylab yetkazib berishda uzilishlar va oziq-ovqat narxining oshishiga ham olib kelmoqda.