Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Buyuk Britaniya va Ukraina Trampning Rossiyaga bergan yangi muddatiga ijobiy baho berdi

Buyuk Britaniya va Ukraina Trampning Rossiyaga bergan yangi muddatiga ijobiy baho berdi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan Rossiyaga Ukraina bilan kelishuvga erishish uchun berilgan yangi muddatni mamnuniyat bilan qarshi oldi.

Buyuk Britaniya bosh vazirining matbuot kotibi ma’lum qilishicha, Starmer va Zelenskiy o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tgan. Suhbat davomida Starmer Rossiya tomonidan Kiyev shahriga qilingan havo hujumi munosabati bilan Zelenskiyga hamdardlik bildirgan.

«Bosh vazir bu hujum Rossiya tomonidan boshlab berilgan dahshatli urushning inson hayotiga qanchalik katta tahdid ekanini yana bir bor ko‘rsatdi», — deyiladi rasmiy bayonotda.

Starmer Donald Trampning Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarini jadallashtirish uchun bergan yangi muddat tashabbusini qo‘llab-quvvatlaganini ma’lum qilgan.

Tomonlar Ukrainaga harbiy, diplomatik va iqtisodiy yordamni davom ettirish muhimligini ta’kidlagan. Zelenskiy esa o‘z navbatida Buyuk Britaniya hukumatining doimiy qo‘llab-quvvatlashi uchun minnatdorchilik bildirgan.

Kiritildi: 18:45 02.08.2025. O'qildi: 485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!