Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Buyuk Britaniya va Germaniya mudofaa sohasida hamkorlik shartnomasini imzoladi

Buyuk Britaniya va Germaniya mudofaa sohasida hamkorlik shartnomasini imzoladi

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi rahbari Jon Hili harbiy sanoat va Germaniya Qurolli kuchlari bilan hamkorlikni o‘z ichiga olgan kelishuvni "ulkan miqyosdagi va muhim ahamiyatga ega" deb atadi.

"Trinity House Agreement nomini olgan shartnoma birinchi navbatda, Yevropada xavfsizlikka erishishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, London va Berlinga Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan olib borilayotgan “bo‘linish va vayronagarchilik” siyosatiga qarshi birlashishga imkon beradi. Ukrainadagi urush Yevropadagi xavfsizlikni oddiy masala deb qabul qilmasligimiz kerakligini ko‘rsatdi", — deya ma’lum qildi Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius shartnoma imzolangandan keyin Londonda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Germaniya Mudofaa vazirining aniqlik kiritishicha, Berlin va London o‘rtasidagi kelishuv yangi uzoq masofali qurollarni ishlab chiqish, Buyuk Britaniyada Rheinmetall tomonidan tanklar ishlab chiqarish, shuningdek, NATO'ning sharqiy chegarasida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazishni nazarda tutadi.

DPA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuvlar nemis razvedka samolyotlarini Shotlandiyada joylashtirish va dronlar tomonidan quvvatlanadigan tank birliklarini yaratishni nazarda tutadi.

Kiritildi: Bugun 10:10. O'qildi: 287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!