Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Buyuk Britaniya va Fransiya tinchlikparvar kuch sifatida Ukrainaga desantchilarni yuborish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazdi

Buyuk Britaniya va Fransiya tinchlikparvar kuch sifatida Ukrainaga desantchilarni yuborish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazdi

Buyuk Britaniya va Fransiya tinchlikparvar kuch sifatida Ukrainaga desantchilarni yuborish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazdi — The Telegraph.

Nashrning xabar berishicha, Buyuk Britaniya va Fransiya desantchilari Fransiyaning Bretan provinsiyasida mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Unda qo‘shinlarni dunyoning istalgan nuqtasiga tezkor ravishda ko‘chirish amaliyoti ishlab chiqildi.

Mashg‘ulotlarda Buyuk Britaniyaning 16–havo-desant brigadasi va Fransiyaning 11–parashyut-desant brigadasidan yuzlab harbiylar ishtirok etdi. Harbiy manyovrlar 24 fevral kuni — Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi boshlanganining to‘rt yilligi munosabati bilan o‘tkazildi. Ular 3 martgacha davom etadigan keng ko‘lamli “Orion” harbiy mashg‘ulotlarining bir qismi bo‘lgan.

The Telegraph Bretandagi mashg‘ulotlar Britaniya va Fransiya qo‘shinlarini Ukrainaga ehtimoliy tarzda tinchlikparvar kuchlar sifatida yuborishga tayyorgarlikning yakuniy bosqichi bo‘lganini bildirgan.

Xabarga ko‘ra, ushbu kuchlar urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv shartlariga rioya etilishini ta’minlash uchun kerak bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 17:37. O'qildi: 164 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!