Buyuk Britaniya Ukrainaga 350 million funt sterling miqdorida yordam paketi ajratdi.
Bu haqda Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Xili NATOning Bryusseldagi shtab-kvartirasida Ukraina bo‘yicha aloqa guruhi mudofaa vazirlari yig‘ilishida ma’lum qildi.
"Men bugun frontdagi ukrainaliklarga yordam berish uchun 350 million funt sterling ajratilishini e’lon qilishim mumkin. Ushbu yordam paketi radar tizimlari, tanklarga qarshi minalar va yuz minglab dronlarni o‘z ichiga oladi", deb ta’kidladi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Britaniya-Ukraina sanoat aloqalarini mustahkamlaydi, shuningdek, Kiyevni ko‘proq qurol-yarog‘ bilan ta’minlaydi.