Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Buyuk Britaniya Ukrainaga yana 1 milliard funt sterling ajratadi

A A A
Buyuk Britaniya Ukrainaga yana 1 milliard funt sterling ajratadi

Buyuk Britaniya Ukrainaga 1 milliard funt sterling miqdorida qo‘shimcha harbiy yordam beradi, deb yozadi Evening Standard gazetasi Dauning-strit bayonotiga tayanib.

“Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan mablag‘ Kiyevning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga yo‘naltiriladi, jumladan, zamonaviy havo hujumidan mudofaa tizimlari, dronlar, yangi innovasion elektron urush uskunalari va ukrainalik askarlar uchun zarur bo‘lgan minglab jihozlar”, — deyiladi xabarda.

Nashrning qayd etishicha, Buyuk Britaniyaning yangi majburiyati ayni paytda Madridda bo‘lib o‘tayotgan NATO sammitida kelishilgan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash paketining bir qismidir.

Buyuk Britaniyaning Kiyevga umumiy iqtisodiy va harbiy yordami 2022-yilda 3,8 milliard funt sterlingni tashkil qiladi, deb yozadi gazeta.

Kiritildi: 07:30 30.06.2022. O'qildi: 1903 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!