Buyuk Britaniya mudofaa vaziri o‘rinbosari Lyuk Pollard joriy yil davomida Ukrainaga 10 ming dron yetkazib berilishini ma’lum qildi.
Pollard Britaniya parlamenti Jamoatlar palatasi a’zosi Jeyms Kartlijning parlament so‘roviga javoban mamlakat tomonidan yetkazib berilgan dronlar sonini e’lon qildi . Lenta.ru tegishli hujjat matni bilan tanishdi.
«Joriy moliyaviy yilda biz Ukrainaga 10 mingdan ortiq uchuvchisiz uchish apparatlarini (ham havoda, ham yer yuzasida) yetkazib beramiz va yetkazib berish ishlari yaxshi davom etmoqda. Jang maydonidagi tez o‘zgarishlar tufayli bu dronlar sotib olinib, tezda ishlab chiqarishga kiritilmoqda», deb tushuntirdi Pollard.