Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Buyuk Britaniya Ukraina uchun yangi ballistik raketa ishlab chiqadi

 Buyuk Britaniya Ukraina uchun yangi ballistik raketa ishlab chiqadi

Buyuk Britaniya Ukraina uchun yangi ballistik raketa ishlab chiqadi, u Moskvaga zarba berish imkoniga ega bo‘ladi.

Buyuk Britaniya Kiyevga “Putinning harbiy mashinasidan himoyalanish”da yordam berish maqsadida Ukraina uchun yangi taktik ballistik raketa yaratish ustida ishlamoqda, deya ma’lum qildi Buyuk Britaniya hukumati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Nightfall deb nomlanadigan raketa 200 kilogrammlik jangovar kallakka ega bo‘ladi va uning uchish masofasi 500 kilometrni tashkil etadi, u nazariy jihatdan Ukraina hududidan Moskvagacha yetib borishi mumkin. Tizim murakkab sharoitlarda, jumladan, radioyelektron kurash vositalari qo‘llangan va GPS navigasiyasi cheklangan holatlarda ham ishlash uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.

Buyuk Britaniya hkumati tomonidan e’lon qilingan tanlov doirasida uchta pudratchi kompaniya 12 oy ichida dastlabki uchta raketani loyihalashtirib, sinovlar uchun yetkazib berishi kerak. Tegishli shartnomalar mart oyidayoq tuzilishi kutilmoqda. Buyuk Britaniya oyiga kamida 10 ta tizim ishlab chiqarishi va har bir raketaning maksimal narxi 800 ming funt sterling bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:51. O'qildi: 263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!