Buyuk Britaniya bosh vaziri Kbh Starmer shu hafta oxirida AQSh prezidenti Donalmd Trampning mamlakatga davlat tashrifi yakunlanganidan keyin Falastinni davlat sifatida rasman tan oladi.
Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, u bu masala payshanba kuni Chekersda bo‘lib o‘tadigan ikki siyosatchi o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanining asosiy mavzusiga aylanishi mumkinligidan xavotirlar tufayli bayonotni Tramp ketganidan keyin e’lon qilishni rejalashtirgan.
Buyuk Britaniya bu jarayonni kelasi hafta Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishigacha davom ettiradi. Assambleyada Falastinni tan olishi kutilayotgan davlatlar qatorida Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada va Avstraliya ham bor.