Bugun 6 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Buyuk Britaniya Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukrainaga yordam sifatida foydalanmoqchi

Buyuk Britaniya Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukrainaga yordam sifatida foydalanmoqchi

Buyuk Britaniya Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukrainaga yordam sifatida foydalanmoqchi. Bu haqda The Times xabar berdi.

Gazeta ma’lumotiga ko‘ra, Buyuk Britaniya hukumati Rossiyaning muzlatilgan 8 milliard funt sterling (10,6 milliard dollar) aktivlarini Ukrainaga berish choralarini ko‘rmoqda.

"Bu mablag‘ Ukrainaning keyingi ikki yildagi moliyaviy ehtiyojlarining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ini qoplaydi. Pullar urushni davom ettirish yoki tinchlik kelishuviga erishilsa, Ukrainani qayta tiklashni moliyalashtirish uchun sarflanishi mumkin", deya yozadi The Times.

Buyuk Britaniya Moliya vazirligining oktyabr oyida e’lon qilingan ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan beri London Moskvaning 28,7 milliard funt sterlinglik aktivlarini muzlatib qo‘ygan.

Kiritildi: Bugun 21:28. O'qildi: 157 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!