Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalar doirasida 18 nafar shaxs va tashkilotga cheklovlar qo‘ydi.
Bu haqda Buyuk Britaniya Moliya vazirligi bayonotida aytilgan.
Xususan, "Alabuga Start" xalqaro qizlar uchun ish bilan ta’minlash dasturining bir nechta xodimlariga cheklovlar qo‘llanildi.
Sanksiyalar shuningdek, Rossiya, Belarus va Fransiyaning bir nechta kompaniyalari va fuqarolariga qaratilgan.
Bayonotda sanksiya qo‘llanilgan shaxslar va tashkilotlar "Ukrainani beqarorlashtirish, xorijiy fuqarolarni yollash va uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarish" bilan shug‘ullanayotgani ta’kidlangan. Sanksiyalar xorijiy aktivlarni muzlatish va Buyuk Britaniyaga kirishni taqiqlashni o‘z ichiga oladi.