Bu haqda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Maxfiy razvedka xizmatining (MI-6) sobiq rahbari Richard Mur Bloomberg'ga bergan intervyusida ma’lum qildi. U bir necha hafta oldin olgan razvedka ma’lumotlariga tayanayotganini aytdi.
"Bizning vazifamiz — razvedka bizga yetkazgan ma’lumotni aniq uzatish. Masalan, razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Putin hech qanday kelishuv tuzmoqchi emas. Bu uning uchun faqat hudud masalasi emas, balki hukmronlik masalasi hamdir. U Ukrainani qo‘shni Belarusga o‘xshab o‘ziga tobe davlatga aylantirmoqchi", — dedi Mur.
Bu baho AQSh razvedkasi pozisiyasiga ham mos keladi. Qo‘shma Shtatlar razvedkasi oktyabr oyida Putin urushni davom ettirish va jang maydonida g‘alaba qozonishga qat’iy bel bog‘laganini bildirgan edi.