Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III davolanishning nojo‘ya ta’sirlari sababli juma kungi tadbirlarni kechiktirdi

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III davolanishning nojo‘ya ta’sirlari sababli juma kungi tadbirlarni kechiktirdi

Bukingem saroyining xabar berishicha, qirol davom etayotgan onkologik davolanishning vaqtinchalik nojo‘ya ta’sirlari tufayli qisqa muddatga kasalxonada kuzatuv ostida bo‘lgan. Hozirda u Londondagi Klarens-haus rezidensiyasida.

28 mart kuni Charlz III Birmingemda to‘rtta ommaviy tadbirda ishtirok etishi, shuningdek, Birmingem qirollik balet truppasiga tashrif buyurishi kerak edi. Undan tashqari, uch nafar xorijiy elchi bilan uchrashuvlar ham rejalashtirilgan bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya qirolining onkologik tashxisi haqida Bukingem saroyi ilk bor 2024 yil fevral oyida ma’lum qilgan edi. Dastlab u ommaviy tadbirlarda ishtirok etishni cheklagan, ammo keyinchalik o‘zining odatiy ish tartibiga deyarli to‘liq qaytgan.

Kiritildi: 12:44 28.03.2025. O'qildi: 591 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!