Bugun 31 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Buyuk Britaniya qiroli aprel oxirida AQShga tashrif buyuradi

Buyuk Britaniya qiroli aprel oxirida AQShga tashrif buyuradi

Buyuk Britaniya qiroli aprel oxirida AQShga tashrif buyuradi va Tramp bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Bukingem saroyi Charlz III va qirolicha Kamillaning Vashingtonga safarini tasdiqladi. Oq uyda ular sharafiga ziyofat beriladi, shuningdek, monarx Kongress oldida nutq so‘zlaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dasturning boshqa tafsilotlariga aniqlik kiritilmoqda. Muzokaralardan so‘ng, qirollik oilasi Britaniyaning Shimoliy Atlantikadagi dengiz orti hududi bo‘lgan Bermud orollariga ham to‘xtab o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Davlat tashriflari bo‘yicha qarorni hukumat qabul qiladi. Eron bilan urush tufayli yuzaga kelgan keskinlik fonida safar haqidagi rasmiy e’lon kechikkan bo‘lsa-da, amaliy tayyorgarlik jarayoni to‘xtamagan. Joriy yilda Qo‘shma Shtatlar Britaniyadan mustaqil bo‘lganligining 250 yilligini nishonlaydi.

Bundan tashqari, Karlning Qo‘shma Shtatlarda yashovchi o‘g‘li – shahzoda Garri bilan ko‘rishish-ko‘rishmasligi jamoatchilik qiziqishiga sabab bo‘lishi kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 19:35. O'qildi: 354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!