Bugun 29 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Buyuk Britaniya hukumati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini e’lon qildi

 Buyuk Britaniya hukumati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini e’lon qildi

Britaniya hukumatining ma’lum qilishicha, sanksiyalar orasida Rossiyaning cheklovlarni chetlab o‘tish uchun neft tashishda foydalanilayotgan, taxminan 100 ta kemani o‘z ichiga olgan “soya floti”ga nisbatan jazo choralari ham bor.

"Putinga yaqin shaxslar tomonidan tashkil etilgan bu “soya floti” nafaqat Kremlning Ukrainadagi noqonuniy urushini moliyalashtiradi, balki muhim infratuzilma ob’ektlariga ham zarar yetkazmoqda", deyiladi bayonotda.

Londonning qayd etishicha, bu o‘ta xavfli hisoblanadi, chunki “xalqaro telekommunikasiya ma’lumotlarining 99 foizi va hayotiy muhim energiya manbalari” suv osti infratuzilmasi orqali uzatiladi.

Rossiyaning “soya floti” tarkibiga ko‘plab tankerlar va yuk tashuvchi kemalar kiradi, ular ko‘pincha eski va sug‘urtalanmagan bo‘ladi. Bu kemalar tobora ko‘proq suv osti infratuzilmasiga hujumlarda ayblanmoqda.

Kiritildi: 14:21 09.05.2025. O'qildi: 1337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!