Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Buyuk Britaniya hukumati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi

Buyuk Britaniya hukumati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi

Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi.

Bu haqda Buyuk Britaniya hukumati ma’lum qilgan.

Yangilangan ro‘yxatga faylasuf Aleksandr Dugin va "Ribar" harbiy-tahlil markazi, uning direktori Mixail Zvinchuk kiradi.

Bundan tashqari, Chet elda yashovchi vatandoshlar huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, Geosiyosiy ekspertiza markazi hamda Bryusselda joylashgan “Golos” va Euromore axborot agentliklariga ham cheklovlar qo‘yildi.

Sanksiyalar Buyuk Britaniyaga kirishni taqiqlashni va agar ular aniqlansa, aktivlarni muzlatishni o‘z ichiga oladi.

Kiritildi: Bugun 08:15. O'qildi: 350 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!