Buyuk Britaniyaning Tehrondagi elchisi Xyugo Shorter Eron Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.
Bu haqda Mehr axborot agentligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, diplomat Londondagi Eron elchixonasi oldida bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlari paytida bayroq bilan bog‘liq hodisa, shuningdek, Britaniya Tashqi ishlar vazirligining Erondagi voqealar haqidagi bayonotlari yuzasidan norozilik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 10 yanvar kuni Londonda bo‘lib o‘tgan namoyish paytida namoyishchilar elchixona ustidagi Eron bayrog‘ini inqilobdan oldingi bayroq bilan almashtirdilar. Keyinchalik jinoyatchilardan ikki nafari hibsga olingan.