Bugun 18 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Buyuk Britaniya 100 km masofaga uchadigan yangi qanotli raketani sinovdan o‘tkazdi

Buyuk Britaniya 100 km masofaga uchadigan yangi qanotli raketani sinovdan o‘tkazdi

«Yangi avlod kichik turbojetli qanotli raketa SPEAR Shvesiyadagi Vidsel poligonida BAE Systems Eurofighter Typhoon samolyotidan uchirilganidan so‘ng sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi»— deyiladi Buyuk Britaniya Mo‘DK matbuot bayonotida.

Hujjatda ta’kidlanishicha, bu qurol nishonga qarshi birinchi marta qo‘llanilgan. Departamentning qayd etishicha, raketa havo hujumidan mudofaa tizimlari, kemalar, tanklar, mustahkamlangan binolar va tez harakatlanuvchi transport vositalariga qarshi ishlatilishi mumkin.

SPEAR raketalarini F-35 qiruvchi-bombardimonchi samolyotlariga o‘rnatish rejalashtirilgan, ular havo bazalaridan yoki Qirolicha Yelizaveta toifasidagi aviatashuvchi kemalardan harakatlana oladi.

Kiritildi: Bugun 17:42. O'qildi: 322 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!