Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Buxorolik ayol mo‘maygina pul uchun jirkanch jinoyatga qo‘l urdi

Buxorolik ayol mo‘maygina pul uchun jirkanch jinoyatga qo‘l urdi

Buxoro viloyati. 2020 yilning dekabr oylarida 22 yoshli Maftuna R., Buxoro shahrida joylashgan kafelardan birida ofisiant bo‘lib ishlab yurgan vaqtida ushbu kafega mijoz sifatida kelgan fuqaro Fozila E., bilan tanishib qolib, suhbat davomida unga, homilador ekanligini, to‘rt oylik homilasi borligi va moddiy jihatdan qiynalayotganligi, kelgusida ham ushbu tug‘ilajak farzandini moddiy tomondan ta’minlay olmasligini, farzandini dunyoga keltirgandan so‘ng sotish niyati borligini ma’lum qilgan hamda Fozila E., ga to‘rt oylik homilasini sog‘lom holda tug‘ib, 50.000.000 so‘m evaziga sotishni taklif qilib, oldindan avans tariqasida Fozila E.,dan 25.000.000 so‘m pullarni so‘ragan.

Joriy yilning 6 yanvar kuni soat 19:00 da  Buxoro shahar A.Jome ko‘chasida joylashgan “Al-Pari” restorani oldida Maftuna R., fuqaro Fozila E., dan 20.000.000 so‘m va 500 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Maftuna R., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,135-moddasi 1-qismi (odam savdosiga suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, Maftuna R., gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Kiritildi: 09:59 12.01.2021. O'qildi: 7871 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!