Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Buxorodagi tibbiyot texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi

Buxorodagi tibbiyot texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi

Buxoroda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Romitan tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan E.N. ismli shaxs M.H.ni Buxoro shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumiga vakolatli tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1500 AQSh dollari miqdoridagi pullarni so‘rab, oldindan kimyoviy ishlov berilgan 400 AQSh dollarini olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan jinoyat ustida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan E.N. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:03 01.08.2022. O'qildi: 1962 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!