Bugun 9 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Buxorodagi maktablardan birida fohishaxona tashkil qilgan qorovulga sud hukmi o‘qildi

Buxorodagi maktablardan birida fohishaxona tashkil qilgan qorovulga sud hukmi o‘qildi

Ma’lum qilinishicha, 1962 yilda tug‘ilgan fuqaro Shofirkon tumani 38-sonli IDUMda qorovul vazifasida faoliyat yuritib kelgan. U IDUM sport zalidagi xonalarning birini N.O.(erkak) va H.SH. (ayol) bilan jinsiy aloqa qilishi uchun moddiy manfaatdor bo‘lish maqsadida ajratib bergan. Buning evaziga “shartli mijoz”dan 60.000 so‘m naqd pullarni olib, fohishaxona tashkil etganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan sud ishi Buxoro viloyati JIB Shofirkon tuman sudida ko‘rib chiqildi.

Sud majlisida sudlanuvchi Shahnoza deb, tanishtirgan ayol qo‘ng‘iroq qilib, o‘zining yigiti bilan jinsiy aloqa qilishi uchun joy topib berishini iltimos qilganligini, u Shahnozaga Shofirkon tuman 38-son IDUMning sport zalidagi kiyim almashtirish xonasida joy borligini, ularga ushbu joydan sharoit yaratib berishini aytganligini ma’lum qildi.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi erkak JKning 131-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 1 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 09:58 09.11.2024. O'qildi: 3241 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!